Tuesday, May 19, 2015

Yer Sayyorasi




Keling bugun hammamizning umumiy uyimiz bulmish Ona Zaminimiz, Ona Yerimiz yaani Yer sayyorasi haqida gaplashamiz.




Yer sayyorasida 7 milliarddan oshiq odamlar va 9 millionga yaqin usimlik, hayvonot va hashorat turlari istiqomat qiladi.



Hozirga qadar bizga maalum maalumotlarga kura Yer sayyorasi insoniyat uchun yashash mumkin bulgan Quyosh sistemasidagi yagona sayyoradir.
Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin beshinchi Orinda turadi.

Kurib turganingizdek biz har bir qatlam hayot maavjud bulishi uchun hamohanglikda ishlovchi uziga hos sayyorada istiqomat qilamiz.



Kosmosdan moviy-yashil shar shaklida kurinuvchi bu sayyora haqida juda kup qiziqarli va hayratlanarli maalumotlar bor va hali hamon odamlar uni urganish jarayonida.


Yer - Quyosh Sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan 3chi ichki sayyora bulib, u doimiy ravishda uz uqi va Quyosh atrofida aylanib turadi. Hush, Quyosh nima? Quyosh bu katta yorugh yulduz va uning atrofida aylanuvchi sayyoralar Quyosh Sistemasidagi sayyoralar hisoblanadi. Quyoshga eng yaqin sayyora Merkuriy sayyorasi bulib, undan keyin Venera, Yer va sungra Mars sayyorasi joylashgan.




Quyosh Sistemasidagi ichki sayyoralar kichkina, qatlami toghli va zich bulib, tashqi sayyoralar esa aksincha hajmi ulkan va tarkibi gazdan iborat.





Yer yer yuzida hayot maavjud bulishini taaminlash uchun hamohanglikda ishlovchi bir nechta qatlamlardan tashkil topgan.


Litosfera Yerning asosiy yuza qatlami bulib, togh, vodiy va kontinentlar va ocean osti toghliklari shu qatlamga kiradi.




Gidrosfera – bu suv sferasi bulib, Yerning 75% qismi suv bilan qoplangan.


Atmosfera yaani havo sferasi yerni qoplab olgan havo qatlami bulib u asosan nitrogen va kisloroddan iborat. Bizga maalumki suv va havo yaani yuqorida biz sanab utgan 2 qatlam hayot uchun eng zarur qatlamlardir.




Biosfera Yer sayyorasidagi tirik maavjudotlarni uz ichiga oladi. Greek tilida Bio bu hayot degani bulib yer yuzidagi tirik barcha maavjudotlar – odamlar, hayvonlar, hasharotlar dan tortib to usimlik dunyosigacha bulganlar

Saturday, May 16, 2015

To'maris

To'maris



Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.

Toʻmaris (mil. av. 6-a.) — Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng "Tarix" (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 y.da Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.
Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bn massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda T.ning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. T. oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".
T.ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.